Hafsaning derazasi yopilmasin

Hafsaning derazasi yopilmasin
Ilgari Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni ziyoratiga kelgan kishilar, ziyorat qilib tashqariga chiqaolmas edilar, hozirgi yo'lni ustida mu'minlar onasi Hafsa roziyallohu anhoning uylari bo'lgan. Hazrati Umar roziyallohu anhu masjidni kengaytirish va ziyoratchilarga sharoit qilish uchun qizlaridan iltimos qildilar, uyni buzib, nariroqqa boshqa uy qurib berish sharti bilan. Ammo onamiz qattiq yig'lab, rad ettilarki, bu uyda uning hayotidagi eng yaxshi kunlari o'tgan edi. Bir necha kun o'tib,yana taklif bo'ldi, yana rad javob. Ukalari, Ummat faqihi Abdulloh ibn Umar o'rtaga tushgach, onamiz ko'ndilar, faqat bir shart bilan: "Rasululloh tomonlariga deraza qo'yilsin va u yopilmasin" Xalifa Umar farmon qildilar: Mu'minlar onasi Hafsa roziyallohu anhoning uyi buzib, o'rtaga yo'l qilinsin, u uyga bir deraza qo'yilsin va U yopilmasin... Ummatning o'z onasi va Umariga bo'lgan vafosini qarang! 1400 bo'libdiki, hali hamon o'sha deraza yopilmadi. Har qachon Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salom berib, orqaga qarasangiz, derazadan sevgani tomon qarab turgan Hafsa binti Umar roziyallohu anhumoni ko'rgandek bo'lasiz.