O’zbekistonda qish: qorli cho’qqilar va shinam shaharlar

Categories: SarguzashtTags: , ,

O’zbekistonda qish sarguzashtlar va shahar bo’ylab sayr qilish uchun ajoyib mavsum bo’lishi mumkin. Markaziy Osiyo bo’ylab cho’zilgan ulkan tizimning bir qismi bo’lgan Tyan-Shan cho’qqilarida chuqur qorda chang’i uchib, qishki quyosh nuri bilan rohatlaning.

Dengiz sathidan 3000 metr balandlikda, bir tomondan Himolay, boshqa tomondan Sibir oralig’ida joylashgan Tyan-Shan, barcha darajadagi chang’ichilar va snoubordchilar uchun tengsiz sharoit va yuqori sifatli trasalarni taqdim etadi. Tyan-Shan kurortlari Toshkentdan ikki soatlik masofada joylashgan, masalan zamonaviy Amirsoy kurortida oilalar va yangi boshlovchilar uchun tyubing va qorda sayr qilish yo’laklari mavjud.

Zomin chang’i kurorti hududi yana bir oilaviy dam olish maskanidir. O’zining go’zal tog’ manzaralari va toza, sog’lomlashtiruvchi havosi tufayli «O’zbek Shveytsariyasi» deb nom olgan Zomin, barcha mavsumlar uchun mo’ljallangan diqqatga sazovor joylardan iborat bo’lib, ilg’or trasalar va yangi ekologik attraksionlar rivojlanib borayotgan Beldersoy kurortiga qadar cho’zilgan.

Chang’i mavsumi dekabrdan martgacha davom etadi, ammo Tyan-Shanni yil davomida tashrif buyurish uchun ko’plab sabablar mavjud. Ayniqsa yoz fasli sayohat va treking uchun qulay vaqt bo’lib, Beldersoy darasi bo’ylab qadimiy ov manzaralari tasvirlangan petrogliflarni kashf etish uchun gid yordamida sayohatlar uyushtiriladi.

Chang’i ta’tillaridan tashqari, O’zbekistonning mashhur Ipak yo’li shaharlari sizni qishning sokin mashg’ulotlari bilan maftun etadi. Samarqand va Buxoroda boy madaniy meros, asrlar davomida saqlanib kelgan me’morchilik va gavjum bozorlarni kamroq sayyohlar bilan birga o’rganib, choyxonalarda adyolga o’ranib, issiq choy va shirinliklar bilan issinish mumkin.